Telegram →
Biznes egalari uchun · bepul

Reklamaga pul ketyapti, lekin sotuv o'smayaptimi?

Marketingingizni birga ko'rib chiqamiz: pul qayerda yo'qolayotganini topamiz va qaysi joyni birinchi tuzatish kerakligini aytamiz. Keyin holatingizga qarab o'sish strategiyasini beramiz.

1-Zoom: razbor 2-Zoom: strategiya Narxi: bepul
Razborga yozilish

Ariza 2 daqiqa oladi. 24 soat ichida bog'lanamiz.

AA
Avazbek AmanbayevPerformance marketolog, Levera agentligi asoschisi

Jamoamiz bilan reklamaga $800K+ sarflaganmiz va 100+ loyihaga $100M+ sotuv qilishda yordam berganmiz

Dargoh ResidenceBahor CityMudarris maktabiAdras AcademyMudarris KidsLittle Kids
Tanish holatmi?

Biznes egalari bizga shu gaplar bilan keladi

«Lid qimmatlashib ketdi»

O'tgan yili $1 ga kelgan lid endi $3–4 turadi. Byudjet oshdi, mijoz soni esa o'sha-o'sha.

«Lidlar sifatsiz»

Lid ko'p, lekin sotuvchilar «hech kim olmayapti» deydi. Kim aybdor — reklamami yoki sotuvmi, bilmaysiz.

«Mijoz oqimi bir tekis emas»

Bir oy yaxshi, keyingi oy jim. Ertaga qancha mijoz kelishini oldindan ayta olmaysiz.

Ko'pincha muammo bitta joyda bo'ladi: taklifda, kreativda yoki lid bilan ishlashda. Razborda aynan shu joyni topamiz.

Qanday o'tadi

Ikki uchrashuv — ikkalasi ham bepul

1

Ariza qoldirasiz

2 daqiqalik forma. Siz bilan bog'lanib, qulay vaqtni kelishamiz.

2

1-Zoom: razbor 60 daqiqa

Reklama sarfi, lidlar, sotuvlar — raqamlaringizni birga ko'ramiz. Voronkaning qaysi bosqichida pul yo'qolayotganini aniqlaymiz va eng tez natija beradigan nuqtani aytamiz.

3

2-Zoom: strategiya bepul

Razbordan keyin holatingizdan kelib chiqib aniq o'sish strategiyasini tayyorlaymiz va taqdim qilamiz: qaysi taklif bilan, qaysi kanalda, qancha byudjet bilan chiqish kerak.

Razborga yozilish
Razbor sizga mos, agar
  • Reklamaga har oy pul sarflaysiz yoki sarflashga tayyorsiz
  • Sotuv bo'limingiz bor — lidlarga kimdir qo'ng'iroq qiladi
  • Qarorni o'zingiz qilasiz — biznes egasi yoki rahbarsiz
  • Raqamlaringizni ochiq ko'rsatishga tayyorsiz
Mos emas, agar
  • Biznes hali ishga tushmagan, mahsulot yo'q
  • Faqat «arzon targetolog» qidiryapsiz
  • Natija uchun jarayonni o'zgartirishga tayyor emassiz
AA
Kim bilan gaplashasiz

Avazbek Amanbayev

Performance marketolog, Levera agentligi asoschisi. Ta'lim, qurilish, klinikalar va ekspert loyihalarida reklamani lid emas, sotuv uchun yo'lga qo'yamiz: taklifdan tortib sotuv bo'limi lid bilan qanday ishlashigacha.

100+loyiha
$800K+reklama byudjeti
$100M+mijozlar sotuvi
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Nega bepul?

Razbordan keyin ba'zi biznes egalari biz bilan ishlashni xohlaydi. Lekin hech qanday majburiyat yo'q: razbor va strategiya sizda qoladi, xohlasangiz o'zingiz yoki jamoangiz bilan qo'llaysiz.

Razborga nima tayyorlab kelishim kerak?

Oxirgi 1–3 oyning raqamlari: reklamaga qancha sarflangan, nechta lid kelgan, nechta sotuv bo'lgan. Aniq bo'lmasa, taxminiy raqamlar ham bo'ladi.

2-uchrashuv hammaga bo'ladimi?

Razborda holatni ko'ramiz. Strategiya aniq foyda beradigan bo'lsa, 2-uchrashuvda uni tayyorlab taqdim qilamiz. Bo'lmasa, ochiq aytamiz va nimadan boshlash kerakligini razborning o'zida beramiz.

Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Ko'proq ta'lim (maktab, o'quv markaz), qurilish, klinikalar va xizmat ko'rsatuvchi bizneslar. Boshqa soha bo'lsa ham ariza qoldiring — mos kelmasa, aytamiz.

Uchrashuv qanday o'tadi?

Zoom'da, o'zbek yoki rus tilida. Siz va qaror qiladigan sherigingiz qatnashsangiz yaxshi.

Ariza

Razborga yozilish

Formani to'ldiring — 24 soat ichida qo'ng'iroq qilamiz yoki Telegram'ga yozamiz va uchrashuv vaqtini kelishamiz.

Tezroq bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri yozing: t.me/avazbek_amanbayev

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Bepul razborga yozilish